Yoshlarga qatag‘on qurbonlari va jadidchilik harakatining tarixiy ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2026-2027-o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalar turar joylari va ijara uylariga kelib joylashgan yoshlar uchun bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Xususan, institutning Aniq fanlar va Tarix fakultetlarida qatag‘on qurbonlari va jadidchilik harakatining taniqli namoyondalari hayoti hamda tarixiy xizmatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan “Mustaqillik darslari” o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan darslar davomida professor-o‘qituvchilar va tegishli mas’ul mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston xalqining milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi tarixiy voqealar, mustaqilligimizning mazmuni va ahamiyati, shuningdek, qatag‘on qurbonlari va jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti, ilmiy-ma’rifiy faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Albatta, bunday tadbirlar yoshlar o‘rtasida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash bilan birga tariximiz, ajdodlarimiz haqida yangi bilimlarga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etadi.