Yangi o‘quv yili arafasida talabalar munosib kutib olinmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yangi 2026-2027-o‘quv yilini yuqori darajada boshlash, talaba-yoshlarni munosib kutib olish va ularga qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, talaba-yoshlarni talabalar turar joylariga joylashtirish va ijara uylari bilan ta’minlash bo‘yicha institutning tegishli mas’ullari, fakultetlar dekanatlari vakillari, pedagog-tarbiyachilar, tyutorlar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari va “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari tomonidan samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bunda talabalar va ularning ota-onalari murojaatlari bilan ishlash, ularni zarur ma’lumot va amaliy yordam bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ma’lumot uchun, yangi o‘quv yilining ochilishi 1-kurs talabalari uchun 7-sentyabr kuni soat 08:00 da institut bosh binosi oldida bo‘lib o‘tadi.
NukusDPI matbuot xizmati.
