Yangi o‘quv yilida yoshlar bilan ishlashning ustuvor vazifalari belgilandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida yangi o‘quv yilida yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yanada takomillashtirish, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov olib bordi. Unda fakultet dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, profilaktika inspektorlari, psixologlar, pedagog-tarbiyachilar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda tegishli bo‘limlar mas’ullari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini mazmunli va samarali tashkil etish, talaba-yoshlarning ta’lim olishi uchun munosib sharoitlar yaratish, ularning bo‘sh vaqtini madaniy-ma’rifiy va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga yo‘naltirish, shuningdek, ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, turli salbiy illatlarning oldini olish, kitobxonlik va madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish, iqtidorli va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

NukusDPI matbuot xizmati.