NukusDPI talabalari “Talaba yugur” marafonida yuqori natijalarga erishdi

Bugun, 9-sentyabr kuni poytaxtimiz Nukus shahrida talaba-yoshlar va harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Silk Road Uzbekistan” va “Talaba yugur” marafonining kuzgi mavsumiga start berildi.
Poytaxtimizning markaziy ko‘chalaridan biri bo‘lgan Islom Karimov ko‘chasining 3 kilometr oralig‘ida o‘tkazilgan marafonda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi.
Quvonarlisi, marafonda erkaklar o‘rtasida institutning Ellikqal’a fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Yo‘ldosh Satimboyev faxrli 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi talabasi Aysha Jumambetova 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
