Yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ahamiyatli loyihalar haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 1-kurs talabalari uchun Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining faoliyati va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berish maqsadida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda institut yoshlar yetakchisi Yerniyaz Qasimov talabalar uchun o‘tkaziladigan tanlovlar va loyihalarda faol ishtirok etish, o‘z qobiliyat va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish, shuningdek, qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil so‘z yuritdi.
Shu bilan birga, yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiat resurslariga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Suvni birgalikda asraymiz!”, yoshlarning huquqiy va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladigan “Yo‘lovchi” kabi loyihalarning mazmuni va ahamiyati, ularda ishtirok etish imkoniyatlari tushuntirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
