Kiberxavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida kiberxavfsizlikni ta’minlash, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi inspektori A.Aljanov, katta inspektor J.Karimbayev, institut xotin-qizlar profilaktika inspektori M.Narimbetova, fakultet dekani o‘rinbosari X.Yesemuratov, tyutorlar va 1-kurs talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan xavfsiz foydalanish ko‘rsatmalariga amal qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, noma’lum havolalarga kirmaslik, shubhali xabar va fayllarni ochmaslik, shuningdek, turli internet firibgarlaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
