“Ma’rifat karvoni” – Nukus davlat pedagogika institutida

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz!” mavzusida “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy seminari bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tashkil etilgan seminarda yurtimizning taniqli ziyolilari, yozuvchi va shoirlar, ustoz pedagoglar, mahallalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul vakillari, institut pedagog xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari dastlab institutdagi Ajiniyoz muzeyi bilan tanishdi.
Seminar davomida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ul xodimi Alisher Azimov, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari va boshqalar so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining mustaqilligimizning 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni ishtirokchilarga yetkazdi hamda mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari haqida targ‘ibot ishlarini olib bordi.
NukusDPI matbuot xizmati.
