Talaba-yoshlar bilan uchrashuvda muhim masalalar ko‘tarildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetining 1-kurs talabalari bilan uchrashib, yaqindan suhbatlashdi.

“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari” hamda “Tanishtiruv haftaligi” doirasida tashkil etilgan uchrashuvda talabalarning oliy ta’limdagi dastlabki qadamlari, yangi ta’lim muhitiga moslashishi, o‘quv jarayonidagi faolligi va kelajakdagi maqsadlar haqida fikr almashildi.

Tadbir davomida pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi mas’uliyati haqida so‘z yuritilib, bugungi talaba ertangi kunning malakali va fidoyi pedagogi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Shuningdek, talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport va turli ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etishga chorladi.

NukusDPI matbuot xizmati.