Aniq fanlar fakultetida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Aniq fanlar fakultetida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani R.Jiyemuratov hamda 1-kurs talabalari ishtirok etib, yoshlarning ta’lim olishi, fakultet hayotidagi faolligi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kelgusidagi maqsadlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot davomida talabalarning o‘quv jarayonidagi ishtiroki, fanlarni chuqur o‘zlashtirish, mustaqil ta’lim va ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda turli tanlov, olimpiada va loyihalarda faol ishtirok etishlari muhimligi ta’kidlandi.

NukusDPI matbuot xizmati.