Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida talaba-yoshlar bilan profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma axborot xizmati boshlig‘i, mayor A.Abdiraxmanov, bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik N.Turekeyev so‘zga chiqib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni erta aniqlash va bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mutaxassislar tomonidan yong‘in xavfsizligi, elektr uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, tabiiy gaz va boshqa maishiy vositalar bilan bog‘liq xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, ayniqsa, kuz-qish mavsumida, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning hayoti va xavfsizligini ta’minlash muhimligi ta’kidlanib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
