Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining dual ta’lim shakli talabalari uchun tanishtiruv darsi tashkil etildi

Xabaringiz bor, 2026-2027-o‘quv yilidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bakalavriatning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha dual ta’lim shakli yo‘lga qo‘yildi.
Unga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli 400 dan ortiq pedagog kadrlar qabul qilindi.
Bugun, 12-sentyabr kuni institutda dual ta’lim shakliga qabul qilingan pedagoglar uchun tanishtiruv darsi tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Pedagog kadrlarni tayyorlash va kasbiy rivojlantirish sektori boshlig‘i N.Aytmambetov, institutning tegishli bo‘lim boshliqlari, Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti mas’ullari ishtirok etdi.
Tanishtiruv darsi davomida dual ta’limning mazmun-mohiyati, uni tashkil etish tartibi, ta’lim jarayonining o‘ziga xos jihatlari va talabalar uchun yaratiladigan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.

