Diqqat, tanlov! “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tadi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish maqsadida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining birinchi – institut bosqichi o‘tkazilishini e’lon qiladi.
Tanlovda institutda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda har bir ishtirokchi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faqat bitta loyiha bilan ishtirok eta oladi:
1) Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt;
2) Moliyaviy texnologiyalar;
3) Qishloq xo‘jaligi texnologiyalari;
4) Kiberxavfsizlik;
5) Sog‘liqni saqlash;
6) Farmatsevtika;
7) Mudofaa va xavfsizlik;
8) Energiya tejamkorligi;
9) Suv xo‘jaligi texnologiyalari;
10) Ta’lim va ilm-fan.
Tanlovning institut bosqichi g‘oliblari umumiy miqdorda quyidagi grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi:
1-o‘rin – 50 million so‘m;
2-o‘rin – 30 million so‘m;
3-o‘rin – 20 million so‘m.
Respublika bosqichida g‘olib deb topilgan g‘oyalar quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi:
1-o‘rin – 500 million so‘m;
2-o‘rin – 300 million so‘m;
3-o‘rin – 200 million so‘m.
Arizalar 2026-yil 10-sentyabrdan 10-oktyabrgacha institutning iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun telefon:
+998913878744
NukusDPI matbuot xizmati.