“Ijod zavqi”: San’at va ilhom uchrashuvi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti tasviriy san’at va muhandislik grafikasi kafedrasi tomonidan “Ijod zavqi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi tasviriy san’at bo‘limi rahbari Aybek Dauletnazarov va Xitoy Xalq Respublikasi Sian tasviriy san’at akademiyasining 3-kurs doktoranti, O‘zbekiston ijodkorlar uyushmasi a’zosi, xalqaro “Turon” mukofoti laureati, institut bitiruvchisi Polatjan Abdireymov, shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida taniqli mo‘yqalam sohiblari bo‘lgan rassomlar talabalarga rangtasvir, grafika, kompozitsiya va ijodiy izlanishlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, rassomlardan amaliy tavsiyalar oldi.