“Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zoligiga suhbat o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zoligiga nomzodlar bilan suhbat tashkil etildi.
Tadbirda boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Yerniyaz Qasimov so‘zga chiqib, “Qalqon” jamoatchilik guruhining asosiy yo‘nalishlari, guruh a’zolarining vazifalari va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati, a’zolar uchun beriladigan imkoniyatlar, oldinda belgilangan maqsadlar haqida ma’lumot berdi.
Suhbat davomida boshlang‘ich tashkilot mutasaddilari tomonidan ishtirokchilarning jamoat ishlaridagi faolligi, mas’uliyat hissi, tashabbuskorligi, huquqiy bilimlari va turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish qobiliyatiga e’tibor qaratildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
