NukusDPI talabasi fermerlar va agro-tadbirkorlar uchun akselerator dasturi g‘olibi bo‘ldi

International Center for Biosaline Agriculture (ICBA) tashabbusi asosida, Abu-Dabi Taraqqiyot jamg‘armasi (ADFD) moliyaviy ko‘magi bilan Innovatsion rivojlanish agentligi hamda Nukus yoshlar texnoparki tomonidan fermerlar va agrotadbirkorlar uchun akselerator dasturi tashkil etildi.

Tadbir doirasida 200 dan ortiq ishtirokchi tomonidan bozor talablari asosida tayyorlangan loyihalar taqdimot qilindi.

Quvonarlisi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabasi Kumisay Qizilbayeva akselerator dasturida o‘zining “Agro Market” loyihasi bilan ishtirok etib, g‘oliblar qatoridan joy oldi.

Ekspertlar va hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan g‘olib deb topilgan 10 ta loyihaga sertifikat hamda har biriga 3 million so‘mdan pul mukofoti topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.