“Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting!

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, ilmiy g‘oyani amalga oshirishning eng ko‘p muddati bir yilgacha bo‘lishi lozim.
“Ilmiy g‘oya” – ilmiy dalil, muammo, faraz, nazariya kabi voqelikni aks ettirish shakllaridan biri bo‘lib, fan taraqqiyotning samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo‘ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari, ustuvor qoidalari asosida ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi.
Tanlovda g‘olib deb topilgan ilmiy g‘oyalar uchun ajratilgan mablag‘lar asosida maket va (yoki) prototip yaratish hamda uning namunasini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ko‘rgazmalar zalida (show-room) joylashtirish lozim.
Arizalar 2026-yilning 13-oktyabr kuni soat 23:59 ga qadar startup.ilmiy.uz orqali qabul qilinadi.