NukusDPI akademik litseyi o‘qituvchisi Gulchehra Bekniyazova xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti akademik litseyining fizika fani o‘qituvchisi Gulchehra Bekniyazova Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan nufuzli “The Best Education Project International” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi.
U mazkur xalqaro tanlovda zamonaviy pedagogik yondashuv – fizikani o‘qitishda real va virtual laboratoriyalarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan innovatsion ilmiy maqolasi bilan qatnashib, xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baholandi.
Xalqaro tanlov yakunida Gulchehra Bekniyazova I darajali diplom, Xalqaro fan, madaniyat va san’at akademiyasi (IASCA) tomonidan oltin medal, shuningdek, esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Akademik litsey o‘qituvchisini xalqaro tanlovdagi yutug‘i bilan tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.