NukusDPI vakillari Toshkentda o‘tkazilgan “ICT WEEK Uzbekistan – 2026” xalqaro haftaligida ishtirok etdi

Joriy yilning 22-25-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx ko‘rgazmalar majmuasida “ICT WEEK Uzbekistan – 2026” xalqaro haftaligi bo‘lib o‘tdi.
To‘rt kun davom etgan tadbirda texnologik kompaniyalar, startaplar, investorlar, davlat va xalqaro tashkilotlar vakillari hamda raqamli industriya ekspertlari jam bo‘ldi.
Ahamiyatlisi, 70 dan ortiq davlat vakillari, 25 mingdan ortiq ishtirokchi, 2 ming nafar xorijiy mehmon qatnashgan xalqaro haftalikda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti vakillari ham o‘zlarining startap va ilmiy-innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdi.
Haftalik doirasida startaplar va venchur investitsiyalar, sun’iy intellekt, IT-autsorsing, raqamli transformatsiya, fintech, GameDev, shuningdek, xalqaro texnologik hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘nlab tadbirlar tashkil etildi.
NukusDPI matbuot xizmati.