Yoshlar yetakchiligi va yo‘nalish koordinatorligiga talabgorlar bilan suhbat o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchiligi hamda yo‘nalishlar koordinatorligiga talabgor talabalar bilan suhbat tashkil etildi.
Suhbatdan ko‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligi, tashabbuskorligi, yetakchilik qobiliyati va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini aniqlash, shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimiga munosib va faol talabalarni jalb etishdan iborat bo‘ldi.
Suhbat jarayonida talabgorlarning institut hayotidagi ishtiroki, yoshlar bilan ishlash borasidagi qarashlari, mavjud muammolarga yechim topish bo‘yicha takliflari hamda turli loyihalarni amalga oshirish borasidagi tashabbuslari tinglandi.
Shuningdek, talabgorlar bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidorli va tashabbuskor talabalarni qo‘llab-quvvatlash, sport, madaniyat, san’at va ilmiy faoliyatga keng jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur suhbat yoshlar tashkiloti faoliyatini yanada takomillashtirish, fakultet va yo‘nalishlarda talaba-yoshlar manfaatlarini ifoda eta oladigan faol va tashabbuskor yoshlarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadam bo‘ldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
