“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” o‘quv seminari tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirdagi ma’ruzasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida “Ma’rifat karvoni” o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi targ‘ibotchilar guruhi a’zosi, institut dotsenti Sapura Ernazarova hamda Tarix fakulteti milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Nihol” mukofoti sovrindori, Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Dilfuza Bekimbetova ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda institut talabalari ham faol ishtirok etib, Prezident ma’ruzasida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Seminar yoshlarning yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissini kuchaytirish, ularni ezgu maqsadlar atrofida birlashtirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.