Institutda “Toza shahar” o‘quv kampaniyasi o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida “Toza shahar” o‘quv kampaniyasi o‘tkazildi.
Tadbirda ekologiya sohasi mutaxassislari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, eko-faollar va mahalla faollari qatnashdi.
O‘quv kampaniyasi davomida chiqindilarni alohida yig‘ish va saralash, ularni kamaytirish, qayta foydalanish, qayta ishlash, mas’uliyatli iste’mol hamda sirkulyar iqtisodiyot tamoyillari haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularni ekologik tashabbuslarga keng jalb etish va “Nol chiqindi” g‘oyasini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur kampaniya atrof-muhitni asrash, ekologik mas’uliyatni kuchaytirish hamda yoshlar o‘rtasida chiqindilarni mas’uliyatli boshqarish madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
