NukusDPI talabasi Mohinur Shukurullayeva “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan:
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim yo‘nalishining dual ta’lim shakli 1-kurs talabasi, Taxiatosh tumanidagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Shukurullayeva Mohinur Baxrom qizi “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Mohinur Shukurullayeva 2026-yilda o‘tkazilgan “Yil tarbiyachisi” tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rinni egallab, institutning maktabgacha ta’lim yo‘nalishining dual ta’lim shakliga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan edi.
Bayram arafasida taqdirlangan talabamiz Mohinur Shukurullayevani institut rektorati va mehnat jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.
NukusDPI matbuot xizmati.