Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun davlat granti asosida 500 ta maqsadli qabul parametrlari ajratildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026-2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar joriy etildi.
Xususan, 2026-yil 2-6-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
NukusDPI matbuot xizmati.