1-yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi

2026-2027-oʻquv yili kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra, 2-5-yo‘nalishlardan biriga grant yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlar uchun o‘z xohishiga binoan 1-tanlagan yo‘nalishida o‘qish imkoniyati yaratildi.

Unga ko‘ra:

– tanlovda ishtirok etib, 2-5-bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishlariga ko‘ra ustuvorligi bo‘yicha tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) asosida o‘qishga ruxsat berildi (maqsadli qabul asosida tavsiya qilinganlar bundan mustasno);

– bunda o‘qishga qabul qilish oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lovni amalga oshirish sharti bilan amalga oshiriladi;

– mazkur tartib barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlariga, shu jumladan, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik berilgan OTTlarga ham tatbiq etiladi.

NukusDPI matbuot xizmati.