Professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida futzal bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi tashkil etildi

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida futzal bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada barcha fakultetlardan erkak professor-o‘qituvchilar va bo‘limlar xodimlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.
G‘oyat qizg‘in va o‘zaro do‘stona ruhda o‘tgan musobaqa yakunida:
1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti;
2-o‘rin – Rektorat jamoasi;
3-o‘rin – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti jamoalariga nasib etdi.
G‘olib jamoaga institut sport klubi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Rektor kubogi”, shuningdek, sovrindorlarga diplom, medal hamda barcha ishtirokchilarga bayram sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
