Fidoyi ustozlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustoz – mangu shamchiroq” mavzusida uchrashuv kechasi tashkil etildi.
Uchrashuvda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Asqarbay Niyazov, shu kafedraning katta o‘qituvchisi Jamal Bekmuratov, axborot-resurs markazi direktori Gulayim Jiyemuratova, Aniq fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirni markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva boshqarib bordi.
Uchrashuvda mehmon ustozlar o‘zlarining sport va ilmiy-pedagogik sohalardagi tajribalari bilan bo‘lishib, hayot yo‘lidagi ustoz va murabbiylari, yoshlarga sport bilan shug‘ullanishning foydali jihatlari haqida ma’lumotlar berdi.
Kecha mehmonlariga institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan bayram sovg‘alari topshirildi.
Tadbir institutning musiqa ta’limi yo‘nalishi talabalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
