NukusDPI talaba qizlari “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovida yuqori natijalarga erishdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishi, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy 8 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining talaba-qizlari ham faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
Xususan:
– Dasturiy ta’minot yo‘nalishi bo‘yicha – Dinara O‘mirbayeva 1-o‘rin;
– Mobil ilovalar yo‘nalishi bo‘yicha – Gulay Qudaybergenova 1-o‘rin;
– Raqamli ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha – Zulxumor Azilova 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa;
– Kiberxavfsizlik yo‘nalishi bo‘yicha – Ayjan Tajibayeva 2-o‘rin;
– Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha – Dilfuza Qalilayeva 3-o‘rin;
– Veb-ishlanmalar yo‘nalishi bo‘yicha – Manzura Abdukarimova 3-o‘rinni egalladi.
Tanlovda 1-o‘rinni egallagan talabalar respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda sovg‘alar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
