NukusDPIda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan targ‘ibot seminari tashkil etildi

Bugun, 5-oktyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan targ‘ibot seminari tashkil etildi.
Seminarda jamg‘arma ijrochi direktori o‘rinbosari D.Abdurashidov, bosh inspektori Q.Bektemirov, tanlovlarni tashkil etish bo‘yicha yetakchi inspektori A.Kenjabayev, inspektor R.Aytmuratova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kotibiyat mudiri B.Qalimbetov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Dauletbayev, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari, umumta’lim maktablari mas’ullari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari, yoshlar yetakchilari, yosh davlat xizmatchilari ishtirok etdi.
Tadbirni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov olib bordi.
Seminarning asosiy maqsadi – iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni xorijning nufuzli ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari bilan tanishtirish, “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari va stipendiya imkoniyatlari haqida tushuncha berish, shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.
Seminar ishtirokchilar bilan fikr almashish va savol-javoblar bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.


