Talabalar uchun xorijda ishlash va sayohat qilish dasturlari haqida ma’lumot berildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talabalarning ta’til davrida xorijda vaqtinchalik ishlashi, xalqaro tajriba orttirishi, sayohat qilishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda institut talabalari va “Work and Travel” dasturi asosida xorijda ishlashni tashkil etish bilan shug‘ullanadigan tegishli konsalting firmalari mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbirda institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov so‘zga chiqib, talabalar uchun xorijda qonuniy asosda vaqtinchalik ishlash, chet tillari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, turli madaniyatlar bilan yaqindan tanishish hamda xalqaro tajriba orttirishning ahamiyatiga to‘xtaldi.

Uchrashuv davomida talabalarga “Work and Travel” dasturining mazmuni, unda ishtirok etish talablari, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, xorijda ishlash shartlari, dastur doirasida yaratiladigan imkoniyatlar, shuningdek, ishtirokchilarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.