Prezident va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktyabrdagi 226-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgorlar tanlovning respublika bosqichida O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari hamda xorijiy tillar fanlaridan maxsus test sinovlarini topshiradi.
2026-2027-o‘quv yili tanlovlari doirasida bakalavriat va magistratura bosqichidagi talabgorlar uchun test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
Test sinovlari sanasi: 2026-yil 10-oktyabr.
Test sinovlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
– O‘zbekiston tarixi;
– Axborot texnologiyalari;
– Xorijiy tillar.
Muhim! Talabgorlar 10-oktyabr kuni soat 08:00 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat – pasport yoki ID-karta bilan test o‘tkaziladigan binoga yetib kelishi lozim.
Test sinovlari o‘tkaziladigan manzil:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri “Janabazar” MFY, Nukus-To‘rtko‘l avtomagistrali shossesi 53/2-uy.
Mo‘ljal: Nukus janubiy avtovokzali.
Geolokatsiya: https://yandex.uz/maps/-/CHsVFM4F
Tanlov natijalari my.edu.uz elektron tizimi orqali e’lon qilinadi.
NukusDPI matbuot xizmati.