NukusDPIning “Nur” jamoasi “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining g‘olibi bo‘ldi

Poytaxtimiz Nukus shahrida joylashgan Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatrida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovning maqsadi – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, talaba-yoshlarni teatr san’atiga muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.

Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining iqtidorli talabalaridan tuzilgan “Nur” jamoasi “Sen menga baxt tila…” spektakli bilan 1-o‘rinni egalladi va diplom, shuningdek, 8 400 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Institutimizning iqtidorli yoshlarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.