Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va erkinliklari masalasiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Nogironlar huquqlari – har bir nogironligi bo‘lgan shaxs hech qanday cheklashlarsiz ega bo‘lishi lozim bo‘lgan huquq va erkinliklardir” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi boshlig‘i J.Narbayev, Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi mutaxassisi A.Qurbaniyazov, Nukus shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazi nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlovchi sektor boshlig‘i B.Hakimov, institutda tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan talabalar ishtirok etdi.
Davra suhbati davomida nogironlar huquqlarini ta’minlashda davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan sharoitlar va imkoniyatlar keng muhokama qilindi.
Tadbir savol-javoblar va fikr almashinuvlar bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
