Institutda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mudofaa ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik U.Tashov, bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik X.G‘oziyev, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim boshlig‘i A.Berdibekov, institutning, shuningdek, boshqa oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda mamlakatimiz mustaqilligi, tinchligi, hududiy yaxlitligi, xalqimiz farovonligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etgan mudofaa sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida ma’lumot berdi.

Ishtirokchilar sohaga oid savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Uchrashuv iqtidorli talabalar va harbiy orkestr ijrosidagi “Mardlik taronasi” festivali bilan davom etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.