Filologiya fakulteti dekani o‘rinbosari Miyirxan Allaniyazova “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida oliy ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini yanada takomillashtirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarni keng targ‘ib etishda faollik ko‘rsatayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbarlar va pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalaridan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Miyirxan Allaniyazova 1-o‘rinni egallab, g‘olib bo‘ldi va noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Yoshlar ta’lim-tarbiyasida ko‘p yillardan buyon samarali xizmat qilib kelayotgan dekan o‘rinbosari Miyirxan Allaniyazovani qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.