Kurash bo‘yicha respublika turnirining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida kurash bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan respublika turnirining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularda mardlik, jasorat, vatanparvarlik, gumanizm g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan milliy sportimiz bo‘lgan kurashni keng ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada barcha fakultetlardan talabalar ishtirok etdi.

O‘ta qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqa -66, -81 va +100 kilogramm vazn toifalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut sport klubi tomonidan medal hamda diplom bilan taqdirlandi.

G‘oliblar keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.