NukusDPI talabasi Gulay Qudaybergenova “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining respublika bosqichida faxrli o‘rinni egalladi

Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-qizlarning IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishi, kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Umumiy 8 yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining talaba-qizlari ham faol ishtirok etdi.
Quvonarlisi, tanlovda “Mobil ilovalar” yo‘nalishi bo‘yicha ishtirok etgan institutimizning Aniq fanlar fakulteti talabasi Gulay Qudaybergenova faxrli 2-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va sovg‘alar topshirildi.
Institutimiz talabasi Gulay Qudaybergenovani tanlovning respublika final bosqichida qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan tabriklaymiz.
NukusDPI matbuot xizmati.
