Oliy ta’lim muassasalarining yoshlar yetakchilari uchun forum tashkil etildi

O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan Toshkent viloyatidagi Yoshlar oromgohida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari forumi tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan forum doirasida yoshlar yetakchilarining shaxsiy brendini shakllantirish, nutq madaniyati, imij, ishonch va ta’sirchan muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan trening va seminarlar, agentlik va ittifoq tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimotlari o‘tkazildi.

Forumda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov ham faol ishtirok etdi.

Shuningdek, u forum doirasida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalari qatorida namunali deb topilgan loyihalar, respublika miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar, qo‘lga kiritilgan natijalar bo‘yicha taqdimot qildi.

Forum yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.