NukusDPI yoshlar yetakchisi Yerniyaz Qasimov forum doirasida taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan Toshkent viloyatidagi Yoshlar oromgohida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasalari yoshlar yetakchilari forumi tashkil etildi.

Forum doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda alohida faollik ko‘rsatib kelayotgan yoshlar yetakchilari rag‘batlantirildi.

Quvonarlisi, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Yerniyaz Qasimov “Suvni birgalikda asraymiz” loyihasi doirasida suv resurslarini asrash, undan oqilona foydalanish va suvni tejash madaniyatini keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatgani uchun 3-o‘rin bilan taqdirlandi.

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda maxsus statuetkalar topshirildi.

NukusDPI matbuot xizmati.