Talabalar turar joylarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori v.b. Quvondiq Qodirov tomonidan talabalar turar joylarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati va talabalarning yashash sharoitlari hamda xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tegishli bo‘lim va xizmatlar mas’ullari ishtirokida talabalar turar joylarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, elektr va gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi hamda sanitariya-gigiyena talablarining bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, zarur profilaktik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

NukusDPI matbuot xizmati.