Hurmatli ustoz va shoira Dame Allamaqovaning 90 yilligiga bag‘ishlandi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi qoshidagi “Ilm bulog‘I” ilmiy to‘garagi loyihasi asosida to‘garak rahbari, dotsent E.Orazimbetovning tashkilotchiligida hurmatli ustoz, jamoat arbobi, taniqli shoira, qahramon ona Dame Allamaqovaning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Ustozlarni xotirlab” mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
Konferensiyada respublikamizning taniqli olimlari, davlat va jamoat arboblari, institut professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Konferensiyada so‘zga chiqqan ma’ruzachilar ustoz va shoira Dame Allamaqovaning hayoti, mehnat va ilmiy-ijodiy yo‘li, yoshlarni har tomonlama bilim olishga, ilm egallashga, hayotga tarbiyalashdagi va respublikamiz xalq xo‘jaligining turli sohalariga mutaxassis tayyorlashdagi pedagogik xizmatlari haqida ma’lumotlar berdi.
Dame Allamaqova xalqimiz orasida shoira sifatida ham mashhur bo‘lib, uning “Ona mehri”, “Onam derman” nomli kitoblari nashrdan chiqqan.
O‘z she’rlari orqali u ota-onaning farzandiga bo‘lgan muhabbati, tug‘ilib-o‘sgan, kindik qonimiz tomgan ona Vatanimizga bo‘lgan muhabbat tuyg‘ulari bilan birga, dunyoda tinchlik, osoyishtalik o‘rnatilishi, odamlarning doimo bir-biriga yordam berishi, yaxshilik qilishi kabi umuminsoniy g‘oyalar, inson o‘z mehnati bilan baxtli va farovon hayotga erishishi kabi ezgu maqsadlarni tarannum etdi.
Shoira qalamiga mansub “Yaxshi odamlar”, “Qoraqalpoq qiziman”, “Kelar” va h.k. she’rlar xalqimiz tomonidan sevib o‘qiladigan she’riy asarlar hisoblanadi.
Konferensiyada Dame Allamaqovaning shogirdlari, farzandlari va yaqinlari ham ishtirok etib, tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
