Diqqat, e’lon! NukusDPIda “Til – millat g‘ururi” mavzusida ommaviy diktant tanlovi bo‘lib o‘tadi

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti va o‘zbek tili kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Til – millat g‘ururi” mavzusida ommaviy diktant tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoshlarning davlat tiliga bo‘lgan hurmatini oshirish, o‘zbek tilining boy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish, savodxonlik darajasini yuksaltirish va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashdan iborat.

Tanlov yakunida 1-, 2-, va 3-o‘rinlarni egallagan talabalar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlov nizomini quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

“Til – millat g‘ururi” mavzusidagi ommaviy diktant tanlovining NIZOMI

Ommaviy diktant tanlovi 20-oktyabr kuni soat 14:30 da NukusDPI bosh binosida bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali kirib, ro‘yxatdan o‘tishingizni so‘raymiz.

HAVOLA

Aziz talabalar! Sizlarni o‘zbek tiliga bo‘lgan mehringiz, bilimingiz va savodxonligingizni namoyon etishga chorlaymiz!

Davlat tilini qadrlaylik, uni asrab-avaylaylik va ravnaqi uchun o‘z hissamizni qo‘shaylik!