Fakultetlarda “Ochiq eshiklar kuni” doirasida ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Aniq fanlar, Tabiiy fanlar hamda Tarix fakultetlarida talabalarning ota-onalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ota-onalar bilan ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar ta’lim-tarbiyasi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirish masalalarida o‘zaro fikr va tajriba almashishdan iborat.

Tadbirlar davomida ota-onalarga fakultetlarda yaratilgan ta’lim sharoitlari, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvlarda ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, taklif va mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan fikrlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, mavjud masalalarni hamkorlikda hal etish muhimligi ta’kidlandi.