“Besh tashabbus olimpiadasi”ning institut bosqichiga start berildi: Mini futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining fakultetlararo – institut bosqichiga start berildi.

Mini futbol bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada fakultetlarning jamoalari g‘oliblik uchun maydonga tushdi. Qiziqarli va yuqori saviyada o‘tgan musobaqada ishtirokchilarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, sport mahorati sinovdan o‘tdi.

Shunday qilib, musobaqa yakunida:

1-o‘rin – Aniq fanlar fakulteti;

2-o‘rin – Tabiiy fanlar fakulteti;

3-o‘rin – Filologiya fakulteti jamoalariga nasib etdi.

G‘olib jamoa musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari institut sport klubi tomonidan taqdirlandi.

Institutda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari davom etmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.