O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo‘lsin!

Aziz professor-o‘qituvchilar, qadrli hamkasblar va talabalar!

Sizlarni 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!

O‘zbek tili – dunyo tillari ichida eng qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, u ham milliy o‘ziga xoslik, ham davlat mustaqilligi ramzi, ham ma’naviy qadriyat hisoblanadi. 1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimiz tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.

Bugun ona tilimizni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish, boy imkoniyatlarini yosh avlodga yetkazish har birimizning sharafli burchimizdir. Ishonamanki, institutimiz jamoasi ham bu borada o‘zining munosib hissasini qo‘shishda davom etadi.

Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik va faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Alisher Ubbiyev,

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori.