NukusDPI talabasi Otabek Amatov Para Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi

Yaponiyaning Aichi prefekturasi va Nagoya shahrida o‘tkazilayotgan V Para Osiyo o‘yinlarida para taekvondo bo‘yicha -80 kg vazn toifasida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishining 3-kurs talabasi Otabek Amatov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
U bronza medali uchun kechgan jangda qozog‘istonlik raqibini 2:0 hisobida yengdi.
Para Osiyo o‘yinlarida yuqori natija ko‘rsatgan institutimiz talabasi Otabek Amatov va uning ustozlarini bugungi yutuqlari bilan tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.