NukusDPIda Özbek tili bayrami kuniga bağişlangan ommaviy diktant tanlovi taşkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni va özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti hamda özbek tili kafedrasi tomonidan talaba-yoşlar örtasida “Yangi Özbekiston yoşlari” şiori ostida “Til – millat ğururi” mavzusida ommaviy diktant tanlovi taşkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi – talaba-yoşlarning davlat tiliga bölgan hurmatini oşiriş, özbek tilining boy imkoniyatlarini keng tarğib qiliş, savodxonlik darajasini yuksaltiriş va milliy qadriyatlarga sadoqat tuyğusini mustahkamlaşdan iborat.
Ommaviy diktant tanlovida institutning barça fakultetlaridan 300 dan ortiq talaba-yoşlar iştirok etib, davlat tili böyiça öz bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdi.
Tanlov yakunlari böyiça davlat tili me’yorlariga javob beradigan eng yaxşi diktant işlari aniqlanib, ğolib va sovrindorlar diplom hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi.
Uşbu taşabbus yoşlar örtasida davlat tili böyiça savodxonlik va imlo madaniyatini oşiriş, özbek tilining nufuzini yanada yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
