Ommaviy diktant tanlovi ğoliblari taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 21-oktyabr – Özbek tili bayrami kuni va özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan Yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti hamda özbek tili kafedrasi tomonidan talaba-yoşlar örtasida “Yangi Özbekiston yoşlari” şiori ostida “Til – millat ğururi” mavzusida ommaviy diktant tanlovi taşkil etildi.

Tanlov yakunlari böyiça davlat tili me’yorlariga javob beradigan eng yaxşi diktant işlari aniqlanib, ğolib va sovrindorlar institut rektorati, Özbekiston yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Respublikasi Kengaşi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi bölimi tomonidan diplom va sovğalar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlov yoşlar örtasida davlat tili böyiça savodxonlik va imlo madaniyatini oşiriş, özbek tilining nufuzini yanada yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etdi.

NukusDPI matbuot xizmati.