Professor-öqituvçilar va xodimlar uçun Toşkent şahriga sayohat taşkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti professor-öqituvçilari hamda xodimlarining madaniy hordiq çiqarişi, tarixiy merosimiz haqidagi bilimlarini yanada boyitiş va yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanişiş maqsadida Toşkent şahriga sayohat taşkil etildi.

Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Qoraqalpoğiston Kengaşi tomonidan taşkil etilgan sayohat davomida iştirokçilar qator tarixiy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy maskanlarga taşrif buyurdilar.

Jumladan, sayohat iştirokçilari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Özbekiston tarixi davlat muzeyi hamda Ğalaba boğida bölib, xalqimizning boy tarixiy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat rivojiga qöşgan hissasi, şuningdek, Vatan ozodligi va tinçligi yölida körsatilgan jasorat haqida qimmatli ma’lumotlarga ega böldilar.

Şuningdek, sayohat dasturidan poytaxtning boşqa tarixiy va köngiloçar maskanlariga taşriflar ham örin oldi. Bu esa iştirokçilarga maroqli dam oliş, özaro muloqot va taassurotlar almaşiş imkonini berdi.