Mualliflik huquqi va akademik halollik mavzusida amaliy seminar-trening ötkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Mualliflik huquqini himoya qiliş oyligi” doirasida amaliy seminar-trening taşkil etildi.
“Kutubxona va mualliflik huquqi: kutubxonaçi nimalarni bilişi kerak?” hamda “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzulariga bağişlangan tadbirda intellektual mulkni himoya qiliş, kutubxona faoliyatida mualliflik huquqi talablariga rioya etiş va ta’lim jarayonida akademik halollik tamoyillarini mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Seminarda Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali boş maslahatçisi Nurali Esnazarov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Adliya vazirligi sektor rahbari Rasul Duşanov hamda mazkur sektor maslahatçisi Ajiniyaz Nurabullayev, şuningdek, institut hamda hamkor oliy ta’lim muassasalari axborot-resurs markazi xodimlari iştirok etdi.
Seminarni markaz direktori Gulayim Jiyemuratova olib bordi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan zamonaviy kutubxonalarda intellektual mulkni himoya qiliş, elektron axborot resurslaridan foydalanişning huquqiy asoslari, mualliflik huquqiga oid qonunçilik talablari va sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Şuningdek, ilmiy va ijodiy işlarda plagiatning oldini oliş, foydalanilgan manbalarga töğri havola beriş, iqtibos keltiriş qoidalariga amal qiliş hamda talaba-yoşlar örtasida akademik halollik madaniyatini şakllantiriş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirning savol-javob qismida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Xususan, noyob kitoblarni raqamlaştiriş jarayonida mualliflik huquqiga rioya etiş, antiplagiat dasturlaridan foydalanişning huquqiy jihatlari hamda mualliflik huquqining amal qiliş muddatlari yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Mazkur seminar-trening kutubxona xodimlarining huquqiy savodxonligini oşiriş, intellektual mulkka hurmat bilan munosabatda böliş, ilmiy faoliyatda plagiatning oldini oliş hamda ta’lim muhitida akademik halollik tamoyillarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.

