NukusDPI professorlari Qozon federal universitetida ötkazilgan xalqaro konferensiyada iştirok etdi

Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasi Qozon federal universitetida filologiya fanlari doktori, akademik D.G.Tumaşevaning 100 yilligiga bağişlangan “Tumaşeva öqişlari: Hozirgi turkiy tilşunoslik masalalari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya bölib ötdi.

Konferensiyada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qoraqalpoq tili kafedrasi professori Alima Pirniyazova, ingliz tili kafedrasi professori Gulzira Qidirbayeva öz ma’ruzalari bilan iştirok etdi.

Nukus davlat pedagogika instituti va Qozon federal universiteti şartnoma asosida bir neça yillardan buyon malaka oşiriş, professor-öqituvçilarning tajriba almaşişi borasida hamkorlik qilib kelmoqda.

Qozon lingvistik maktabi tilşunoslik yönalişida XIX asrdan buyon katta tajribaga ega. Jahon tilşunosligida öz örniga ega bu maktabga maşhur tilşunos olimlar I.A.Boduen de Kurtene, N.V.Kruşevskiy, V.A.Bogoroditskiy, A.I.Anastasiyev, N.S.Kukuronov, A.A.Carevskiy, A.I.Aleksandrov, S.K.Buliç va V.V.Radlov asos solgan.

Konferensiyada dunyodagi turkiy davlatlardan, Rossiyaning turkiy tilli mintaqalaridan vakillar iştirok etdi.